Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
#qonun_19_1_modda #yoshlar_maslahat_guruhi #doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #tavsiyalar
#qonun_19_1_modda
#yoshlar_maslahat_guruhi
#doimiy_komissiya
#ekspert_guruhi
#tavsiyalar

Sinagogadagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, Kengash kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan hududdagi sinagogada olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, binoning ichki va tashqi holatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, hududdagi ushbu maskanning saqlanishi hamda undan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar hududdan saylangan deputat S. Xamrayev hamda deputatlik faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlovchi mas’ul mutaxassis Z. Temirova tomonidan nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4