Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda Katta Qo‘rg‘on MFY hududidagi Firdavsiy va Panjob ko‘chalari kesishmasida joylashgan TP-252 transformator punkti uzoq yillardan buyon ortiqcha yuklama ostida ishlayotgani, buning oqibatida elektr ta’minotida muntazam uzilishlar yuzaga kelayotgani hamda mazkur holat mahalla aholisining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

Deputatlik so‘rovida:
transformator punktining texnik holatini joyiga chiqib o‘rganish;
noqonuniy elektr tarmoqlariga ulanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish;
zarurat tug‘ilganda transformatorni yuqori quvvatlisiga almashtirish;
aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish masalalari ilgari surildi.

 Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularning muammolariga qonuniy yechim topish hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirish Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlarining ustuvor vazifalaridan biridir.