Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tepaqul mahallasida qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Mahallada aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI TOMONIDAN BOZORLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI TOMONIDAN FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Andijon shahar 7-son texnikumi o‘quvchilari uchun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati G.A. Ismailova ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Samimiy va ochiq muloqot davomida yoshlar bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, to‘g‘ri kitob tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda mutolaaning inson kamoloti va kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirda har bir yosh o‘z kasbini puxta egallashi, ma’naviy dunyoqarashini boyitishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun kitobni eng yaqin do‘stiga aylantirishi zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kitobni nafaqat o‘qish, balki uning mazmun-mohiyatini anglash, tahlil qilish va hayotga tatbiq etish tafakkur, intellektual salohiyat hamda dunyoqarashni yuksaltirishi, zamonaviy axborot makonida faol tashabbuskor bo‘lishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Slide 1 of 4