Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Chorvador mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi
янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat mahalla binosida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish me’yorlariga muvofiqligi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qildi. Shuningdek, binoda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar
yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mahalla faoliyati samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi. O‘rganish jarayonida devor va shiftlarni ta’mirlash, ichki xonalarni obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda binodan foydalanish uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish ishlari bosqichma-bosqich amalga оshirilayotgani qayd etildi. Mas’ullar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani ma’lum qilindi. Deputat O‘.Axmedov mahalla faollari bilan ham suhbatlashib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ularning fikr va takliflarini tingladi. Ta’kidlanganidek, mahalla binosining zamonaviy ko‘rinishga keltirilishi fuqarolarga ko‘rsatiladigan davlat va jamoat xizmatlari sifatini yanada oshirishga, aholi uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Tashrif yakunida deputat joriy ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi ustidan deputatlik
nazorati davom ettirilishini bildirib, mas’ullarga ishlarni yuqori sifat darajasida tashkil etish hamda qurilish me’yorlariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish muhitini yaratishga qaratilgan bunday ishlar hududlarni kompleks rivojlantirish hamda fuqarolarning turmush sifati va farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3