Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Chorvador mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi
янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tarzda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

tumanda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasining axborotini, tuman hokimi hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berishning 2026-yilning uchinchi choragi uchun ishlab chiqilgan reja-grafigini tasdiqlash to‘g‘risida.


Yig‘ilishda Kengashning boshqa doimiy komissiyalari raislari shuningdek, siyosiy partiyalar tuman kengashlari raislari ham ishtirok etishdi.

So‘ngra komissiya a’zolari hamda yig‘ilishda ishtirok etganlar ushbu masalalar yuzasidan o‘zlarining munosabatlarini bildirib o‘tishdi.

Mazkur masalalarni navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda doimiy komissiyaning tegishli qarorlari tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 3