Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi 27-iyun-Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlar, muharrirlar hamda ommaviy axborot vositalari tizimida fidokorona mehnat qilayotgan soha vakillarini samimiy muborakbod etadi.

Sizlarning jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, fuqarolarning xolis va tezkor axborot olish huquqini ro'yobga chiqarish, xalq bilan davlat o'rtasidagi ishonchli muloqotni mustahkamlash yo'lidagi xizmatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda qonun ustuvorligi, adolat va taraqqiyot g'oyalarini targ'ib etishda sizlarning mehnatingiz beqiyosdir.

Sizlarga mustahkam sog'liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz ijodiy ilhom, kasbiy muvaffaqiyatlar va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Qalamingiz doimo o'tkir, so'zingiz teran, nigohingiz xolis, ijodingiz sermahsul bo'lsin!