Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
Hududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi tadbirlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash Kotibiyati mudiri M.Goibnazarovlar tomonidan 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda tashkil etilgan fan, sport, ijodiy va kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan mashg‘ulotlarning borishi bilan tanishildi.

Shuningdek, o‘quvchilarni ushbu tadbirlarga keng jalb etish, mashg‘ulotlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning qamrovini kengaytirish, ularning qiziqish va iste’dodidan kelib chiqib mashg‘ulotlarni tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3