Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik va mas’ul xodimlar o‘rtasida targ‘ib etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur qonun elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, elektron savdo ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, elektron bitimlarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tadbir davomida elektron tijoratni amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etish, shaffoflikni ta’minlash, elektron hujjatlar va to‘lov tizimlaridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaviy omillarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga qonunning amaliy ahamiyati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rni yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish va ularning ijrosini ta’minlash — huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omilidir.