Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida qonun ijrosi o‘rganildi
MAHALLIY KENGASH DEPUTATINING OKRUGIDAGI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati tomonidan  deputatlarning okruglarida olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganildi.
Deputat Sh.Boboqulovaning mahalla bilan yo‘lga qo‘ygan amaliy hamkorlik aloqalari, fuqarolar murojaatlarini hamkorlikda hal etish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirayotgan ishlari samaradorligi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida  Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
 “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi 4-yo‘nalish doirasida Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari hamda 4-yo‘nalish mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganish davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim va boshqa mas’ul xodimlarning hisobot va ma’lumotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mahalla ma’sullariga bilan suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3