Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
59-umumta'lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Sahoba mahallasidagi muammolar mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi
янв.21
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Kuni kecha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova o‘z saylov okrugida bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma holatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va aniqlangan muammolar deputatning “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi.

Xususan, Mashad mahallasi Imom Zahiriddin ko‘chasidan o‘tuvchi tranzit ariq uzoq vaqt davomida tozalanmaganligi oqibatida suv oqimi cheklanib, sanitariya holati yomonlashgani aniqlandi. Shuningdek, Mashad mahallasining Zarafshon va Turkiston ko‘chalarida daraxtlarning o‘sib ketgan shox-shabbalari yo‘l harakati belgilarini to‘sib qo‘ygani hamda ko‘cha yoritish chiroqlari samaradorligini pasaytirib, harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Marg‘ilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i nomiga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.

Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1