Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
Ayollar va bolalar huquqlari himoyasi yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.03.2026-yildagi PF-33-son “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi “Xalach” MFYda muhim targʻibot tadbiri tashkil etildi.

📁Mazkur farmon ijrosi doirasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari F.Shodiyeva, D.Hayitova, Sh.Saidovalar va tuman hokimligi mutasaddilari, Vobkent tuman adliya boʻlimi boshligʻi Shaxzod Sharipov hamda Ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

🔎Tadbir davomida fuqarolarga ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oilaviy tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek erta nikoh va erta tugʻruqning salbiy oqibatlari yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi.

📎Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan savol va takliflar tinglanib, ularni hal etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

❓Bunday uchrashuvlar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, oilalarda sogʻlom muhitni mustahkamlash hamda ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6