Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
DEPUTATLIK NAZORATI

 Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati M.Naimova tumandagi “Niyozxo'ja" mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔍 Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Xususan, “Obod mahalla” tamoyili asosida hududni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📎 Mahalla yettiligi aʼzolari tomonidan hududda mavjud muammolar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan maʼlumot berildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrish belgilab olindi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Slide 1 of 5