Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Xolmo‘minov o‘zi saylangan 15-Zarkamar saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida tuman Kengashining ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish yuzasidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarga mazkur qonunning mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3