Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi ta’minlanishi holati o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tashabbusi bilan doimiy komissiya a’zolari, viloyat Kengashi deputati, ekspert guruhi raisi, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirokida ishchi guruh tashkil etildi.

Mazkur ishchi guruh tomonidan Bag‘dod tumani Tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ta’minlanishi holati maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida atroflicha o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida reproduktiv salomatlik xizmatlarini tashkil etish, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish, fuqarolarga axborot berish tizimi, ayollar, erkaklar va voyaga yetmaganlarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, oilani rejalashtirish, profilaktik tibbiy ko‘riklar, fuqarolar huquqlari hamda maxfiylikni ta’minlash kabi yo‘nalishlar savolnomadagi mezonlar asosida tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, o‘rganish davomida mavjud holat yuzasidan mas’ul mutaxassislarning axborotlari tinglanib, hujjatlar va amaliy faoliyat qonunchilik talablari asosida baholanmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada ish samaradorligini oshirish hamda qonun ijrosini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Slide 1 of 8