Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
“Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida ta’lim va tarbiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan Qo‘qon shahar 27-umumta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, ingliz tili o‘qituvchisi X.Ortiqov tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari o‘quvchilarga ingliz tili bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilayotgani, yoshlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, maktabda 2026–2027-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari ham faol olib borilmoqda. O‘rganish davomida maktab direktori F.Tuxtaboyeva tomonidan maktab yoshiga yetgan bolalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi va qiziqishlari o‘rganilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularni bilim olishga keng jalb etish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3