Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
“Qo‘qonsoy” va Katta Farg‘ona kanali bo‘ylarini rivojlantirish loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi a’zolari — deputatlar O‘.Maxmudov, X.Abdullayev, Qo‘qon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi E.Madaminov hamda hokim yordamchisi N.Komiljonov tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Olmazor tajribasi” asosida Qo‘qon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasining ijrosi tahlil qilinib, sohil va kanal bo‘ylarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Qo‘qonsoy” bo‘yi hududlarini zamonaviy landshaft dizayni asosida modernizatsiya qilish, ularning jozibadorligini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.

Loyiha doirasida kanal bo‘ylab piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish, zamonaviy “Yashil yo‘lak”lar barpo etish, tungi yoritish tizimlarini o‘rnatish hamda aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay maskanlar yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ushbu hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va shahar infratuzilmasini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga loyihalarni sifatli amalga oshirish, hududlarning ekologik holatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3