Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan Andijon tumani axborot-kutubxona markazida “Kasb tanlash — kelajakni tanlash!” mavzusida uchrashuv-muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Kutubxonashunoslik” mutaxassisligini tamomlagan yoshlarning Andijon tumani axborot-kutubxona markaziga ishga joylashtirilishi hamda ularning dastlabki mehnat faoliyati jarayoni o‘rganildi.
Shinam, yorug‘ va kitoblar olamiga boy maskanda o‘z faoliyatini boshlagan yosh mutaxassislarning har bir kuni izlanish, tajriba orttirish hamda turli yoshdagi kitobxonlar bilan mazmunli uchrashuvlarga boy kechayotgani e’tirof etildi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishi va jamiyatdagi munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashish yo‘lidagi bunday tashabbuslar davom etadi.