Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiyaga asosan 11-“Guliston” saylov okrugidagi “Guliston” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishib, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdi.
Mahalla yettiligining asosiy vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha hudud oilaviy poliklinikasi tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazib berish taklifi bildirildi va bu bo‘yicha qisqa muddatda tashkil etib berilishi belgilandi.
O‘rganishda deputat A.Appaqov va Kengash kotibiyati mutaxassisi Sh.Yusupovlar ishtirok etdi.