Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Yoshlar kelajagiga qaratilgan e’tibor – mahalla taraqqiyotining muhim omili

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Alisher Abduvahabovich Xusainov 24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida, Al-Xorazmiy mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yoshlar yetakchisi Munisa Isroilovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✔️O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, axborot texnologiyalariga qiziqadigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida onlayn va oflayn ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi deputat tomonidan e'tirof etildi.

📊Uchrashuv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda tarbiyasi og‘ir bo‘lgan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar ham muhokama qilindi. Deputat tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, kitobxonlik, sog‘lom turmush tarzi va zamonaviy bilimlar sari yo‘naltirishga qaratilgan tashabbuslar yuqori baholanib, mahalla Yoshlar markazini interaktiv doska bilan ta’minlash taklifi ilgari surildi.

🔼Mazkur tashrif yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 2