Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D.Rahmatullayeva tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi muhim muammolardan biri aniqlandi.
Xususan, MFYning 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimining pastligi sababli fuqarolar tomonidan qator e’tiroz va murojaatlar bildirilgan.
Mazkur holat atroflicha o‘rganilib, muammoni tizimli hal etish maqsadida “Andijon Suv Ta’minoti” AJ Andijon shahar filialiga deputat so‘rovi yuborildi.
Aholini qiynab kelayotgan ushbu masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.
Fuqarolar manfaatini ta’minlash, ularning hayot sifatini yaxshilash – ustuvor vazifa.