Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHARQ YULDUZI MAHALLASIDA QONUNLAR IJROSI VA ENERGIYA SAMARADORLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALALAR O‘RGANILMOQDA
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATIDA TAHLILIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QAROR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND VILOYATI KENGASHI KOTIBIYATI MUDIRI S.USMONOV TOMONIDAN NUROBOD TUMANI KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN ZOOM ORQALI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
FUQARONING FARZANDINI DAVOLATISH MASALASIDAGI MUROJAATI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
76-UMUMTA’LIM MAKTABINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Ma’naviy boylik bu - millatning o‘zligi

Ma’naviy boylik bu - millatning o‘zligi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati Ximmat Oqbutayev o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Gʻavsul A’zam ziyoratgohi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu tashrif davomida muzeyda amalga oshirilayotgan ishlar, tarixiy eksponatlarni saqlash va targ‘ib etish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Ma’lumki, bunday maskanlar nafaqat tarixiy xotirani saqlash, balki yosh avlodni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda ham muhim o‘rin tutadi. Shu bois deputat tomonidan muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

Darhaqiqat, ajdodlarga ehtirom va ulardan qolgan boy merosga e’tibor qaratish — ma’naviy yuksalishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘lda amalga oshirilayotgan har bir sa’y-harakat jamiyat ravnaqiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2