Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
“Sazag‘on” quyosh fotoelektr stansiyasi qurilish ishlari bilan tanishildi
янв.21
Qizilquyosh oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Boshquduq mahallasida ijtimoiy masalalar va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Samarqand viloyati Nurobod tumani Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash masalalari o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.A.Atayeva tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

📍 Shaharning “Shodlik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo o‘rganildi.

📊Aniqlanishicha, Aeroport ko‘chasidagi 1- va 2-sonli ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan oqava suv quvuridagi nosozlik sabab hududda doimiy ravishda suv to‘planib, ko‘lmak hosil bo‘lmoqda.

⚠️ Mazkur holat:
🔹 Sanitariya holatining yomonlashishiga;
🔹 Aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga;
🔹 Fuqarolarning kundalik turmushida noqulayliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

🔎Shu munosabat bilan muammoni bartaraf etish va oqava suv tizimini tartibga keltirish yuzasidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Urganch shahar filiali rahbari M.Qurambayev nomiga deputat so‘rovi kiritildi.