Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
23-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Chorvador mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Sazag‘on mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Aholi murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqildi
янв.21
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi

         Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi kotibiyati xodimlari tuman Kengashi deputati E.Tursunov hududidagi Mirishkor mahallasida bo‘lib, Tashabbusli byudjet loyihasi asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilish ishlari jarayonlari bilan tanishdi.

         O‘rganish davomida mahallaning Do'stlik ko'chasi hududidagi 3,5 kilometr ichki yo‘lni asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish-montaj ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

         Mazkur loyiha mahalla aholisining uzoq yillik murojaatlari va takliflari asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning yakunlanishi hududdagi transport qatnovi qulayligini oshirish hamda fuqarolar uchun munosib infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3