Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. PARKENT TUMANIDA XITOYLIK INVESTORLAR BILAN HAMKORLIK LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI.

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 21–25-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sinyan shahrida bo‘lib o‘tgan Uchinchi O‘zbekiston – Xitoy hududlararo hamkorlik forumida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-«Nomdanak» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan edi.Mazkur forum doirasida qator yirik kompaniyalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan hamda tegishli shartnomalar imzolangan.Kelishuvlarni amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining TRANQUILITY DEVELOPMENT kompaniyasi vakillari Parkent tumanida bo‘lib, mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.Uchrashuv davomida hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar batafsil
muhokama qilinib, ularning iqtisodiy samaradorligi, amalga oshirish mexanizmlari va bosqichlari yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olinib, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.Mazkur hamkorlik Parkent tumaniga yangi investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish,iqtisodiy faollikni oshirish hamda aholi uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 4