Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QURILISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJIGA EGA BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
JARQUDUQ MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLAR IJROSINI TA’MINLASH YO‘LIDA
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Ekologik holat va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari sessiyada muhokama qilindi

Sessiyada Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i B.Xamrayevning hisoboti tinglanib, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, atmosfera havosini muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Ta’kidlanganidek:

2026-yilning o‘tgan davrida 12 ta noqonuniy chiqindixona bartaraf etilib, 24 tonna maishiy chiqindilar olib chiqildi;

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 300 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekildi;

Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha korxonalarda zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilib, havoga tashlanadigan zararli moddalar hajmi sezilarli kamaytirildi;

Ekologik qonunchilik talablarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
     

 Sessiyada chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy chiqindixonalarning oldini olish, daraxtlarni muhofaza qilish, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokamalar yakunida mas’ul tashkilotlarga ekologik vaziyatni yanada yaxshilash, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlarni jadallashtirish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ekologik qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Tabiatni asrash va yashil kelajakni barpo etish – barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.