Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLADAGI ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
QURILISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI: ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJIGA EGA BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
JARQUDUQ MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
янв.21
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLAR IJROSINI TA’MINLASH YO‘LIDA
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Sultonov Bahodir “Renessans TV” telekanalining “O‘zbekistonda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida islohotlar” mavzusidagi ko‘rsatuvida ishtirok etdi.

Ko‘rsatuv davomida B.Sultonov tadbirkor va xalq vakili sifatida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda xususiy sektorni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, ma’muriy tartib-taomillarning soddalashtirilishi, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda raqamli xizmatlarning keng joriy etilishi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Deputat o‘z nutqida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar yoshlarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashi, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishi hamda oilalar farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, deputat tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida ayrim muammolar hamon saqlanib qolayotganiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, gaz, suv va elektr ta’minoti bilan bog‘liq ayrim tashkilotlar faoliyatida byurokratik yondashuv, murojaatlarga mas’uliyat bilan yondashmaslik hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlaridagi ortiqcha ovoragarchilik holatlari uchrab turayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida davlat xizmatlari sifati va mas’uliyatini oshirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarur.

Shuningdek, mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yaxshilash, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlarning izchil davom ettirilishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholi farovonligini yuksaltirish hamda yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. 

Slide 1 of 2