Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 4-Yangi turmush saylov okrugi deputati Axmedjanova Dilbar Sharifjonovnaning navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

🔷Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman "Angren Bunyod Fayz" MCHJ rahbari A.Turdiqulov, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutahassisi R.Kichinov, tuman Obodonlashtirish bo'limi hodimlari ishtirok etdilar.

🖋Uchrashuvda fuqarolar tomonidan chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi to'g'risidagi murojaatlari tinglandi. Tuman "Angren Bunyod Fayz" MCHJ rahbari A.Turdiqulov tomonidan fuqarolarga murojaatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

📌Deputat mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar faoliyati kuchaytirilishi, xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan nazorat o‘rnatilishi aytib o‘tildi.

📖Uchrashuv davomida “MADAD” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytirish masalasi ham muhokama qilindi. Ushbu tashkilot orqali aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, huquqiy maslahatlar berish va muammolarni tizimli hal etish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi. Kelgusida “MADAD” NNT bilan birgalikda aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 5