Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Po‘latchi mahallasidagi muammolar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLAR IJROSINI TA’MINLASH YO‘LIDA
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 2026-yil 8–12-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Nurobod tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
DEPUTAT FUQAROLAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI
янв.21
“MENING BOGʻIM” LOYIHASI DOIRASIDA “YASHIL JAMOAT PARKI” BARPO ETILMOQDA
янв.21
AHOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
Kotib

Mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayonida hamma vaqt eng quyi, ammo hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lgan mahallaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi, mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi.  

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulyamov Joxongir Askardjanovich okrugidagi “Turon” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuvda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy masalalari, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar hayoti, oilalarni mustahkamlash, hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdilar.

O‘tkazilgan uchrashuv jarayonida mahallaning ayrim ichki ko‘chalari va piyodalar yo‘lakchalarini ta’mirlash, eski simyog‘ochlarni yangi beton tayanch ustunlarga o‘zgartirish, ko‘cha yoritish chiroqlarini soz holatga keltirish, aholining ma’naviy olamini yuksaltirish maqsadida mahallada kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga aloxida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3