Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
“Sazag‘on” quyosh fotoelektr stansiyasi qurilish ishlari bilan tanishildi
янв.21
Qizilquyosh oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Boshquduq mahallasida ijtimoiy masalalar va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Samarqand viloyati Nurobod tumani Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan "GOLD Marjonabegim" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash masalalari o‘rganildi
Sessiyada muhim moliyaviy masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining VII-chaqiriq 24-sessiyasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
Toyloq tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Qahhorov Rafiq tomonidan taqdim etilgan hisobot bo‘ldi. Unda 2026-yil 1-yanvar holatiga tumanning mahalliy budjetida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2026-yilning “1-mavsum”ida “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan loyiha takliflarini moliyalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur tashabbuslar “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi va ushbu loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
📲 Telegram