Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
Irrigatsiya tarmoqlari holati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq  Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Qizilsuv” mahallasi hududidagi irrigatsiya tarmoqlari hamda dyuker inshootlarining texnik holatini joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida sug‘orish tizimlarining samarali ishlashi, suvning iste’molchilarga uzluksiz yetkazib berilishi, shuningdek irrigatsiya obyektlarining texnik sozligi ko‘zdan kechirildi. Xususan, ayrim quvur tarmoqlarida eskirish, birikmalarning bo‘shashishi hamda suv sizib chiqishi holatlari aniqlandi. Bu esa suv yo‘qotilishining ortishiga va sug‘orish jarayoni samaradorligining pasayishiga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

🔺Shuningdek, dyuker inshootlarining texnik holati ham atroflicha o‘rganilib, ayrim uchastkalarda ta’mirlash va profilaktik ishlarini amalga oshirish zarurligi ma’lum bo‘ldi. Mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari ishtirokida mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 3