Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so‘rovlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Hamkorlik davom etmoqda – ma’naviy-ma’rifiy sohada muhim muloqot
янв.21
Mahalladagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi
янв.21
54-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasidagi to‘garak faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQARONING TADBIRKORLIK MASALASIDAGI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Ulus mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jarquduq oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputatlar U.Aripbayev va F.Axmedov tomonlaridan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida Davlat kadastrlar palatasi tuman filialida Oʻzbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida mazkur Qonunning amaldagi ijrosi, fuqarolar tomonidan taqdim etilayotgan murojaatlar bilan ishlash holati, hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan obyektlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, qonun talablariga muvofiq huquqlarni e’tirof etish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar uchun qulayliklar yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarning oldini olish hamda murojaatchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🔺O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, aholi o‘rtasida qonun mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish va huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 2