Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Tibbiyot muassasasida xizmatlar sifati o‘rganildi

🏥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z. Polvonova hamda kotibiyat mudiri I. Masharipov tumandagi Beshchiqir mahallasida joylashgan 5-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdilar.

📋 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi №265-I-son Qonuni ijrosi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda poliklinikadagi mavjud infratuzilma holati o‘rganildi.

💬 Shuningdek, fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Hududlarda aholining salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5