Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
Nurobod tumani Sarikul mahallasi hududida tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarida zararli chigirtkalarning ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda
янв.21
Yoshlar bilan huquqiy savodxonlikka oid uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
MUROJAATLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
OLTINSOY MAHALLASIDA “TOMORQA XO‘JALIGI TO‘GʻRISIDA”GI QONUN YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
BIR PIYOLA CHOY USTIDA SAMIMIY MULOQOT
янв.21
MUROJAAT AMALDA YeCHIM TOPMOQDA
Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova Chilonzor tumani “Qozirobod” MFY hududida joylashgan 138-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🗣 Tadbir davomida “Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan oilalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ma’ruza va davra suhbati tashkil etilib, oilalarda uchrayotgan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni hamda psixologik yordam va profilaktik choralarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Suhbat davomida oiladagi sog‘lom muhit farzand kamolotining eng muhim omillaridan biri ekani, tazyiq va zo‘ravonlik holatlari esa o‘quvchilarning ruhiy holati, ta’lim sifati va jamiyatdagi faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi alohida ta’kidlandi.

📚 Deputat Jamila Shermuhammedova tomonidan yoshlarga ilm-fan, kitobxonlik, Vatanga sadoqat va tinchlikning qadriga yetish haqida mazmunli fikrlar bildirildi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash, oilalarda mehr-oqibat va ma’naviy muhitni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🤝 Tadbir davomida o‘qituvchilar tomonidan mahalladagi ayrim muammolar, xususan maktab faoliyatiga noqonuniy aralashuv va pedagoglarga nisbatan hurmatsiz munosabat holatlari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat Jamila Shermuhammedova ushbu masalalarni o‘rganish va qonuniy yechim topish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilinishini ma’lum qildi.

📌 Mazkur uchrashuv Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari — yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, ta’lim muassasalaridagi muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar murojaatlarini joyida hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5