Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim tashkilotida shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Nurbuloq mahallasida aholi muammolari o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda
янв.21
📌 Nurobod tumanida sog‘lom ovqatlantirish tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar kelajagi — e’tibor markazida
янв.21
Saylovchilar murojaatlari — amaliy yechimlar markazida
янв.21
Ma’naviyat va san’at tantanasi — Nurobodda ehtirom va shukronalik ruhidagi uchrashuv
янв.21
Deputat oilaviy muammolarni ham hal etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi tomorqalariga suv yetkazilmoqda
Nurli Pangat mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 15-Pangat saylov okrugi deputati Do’squlova Dilbar tomonidan Nurli Pangat mahallasida ijtimoiy soha faoliyati o‘rganildi. Xususan, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlarining amaldagi holati tahlil qilindi.

O‘rganish davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va adolat tamoyillariga rioya etilishi, hujjatlarni rasmiylashtirishdagi tezkorlik hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 1