Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurobod tumanida ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Duputatlar tomonidan Nurobodda suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Nurobod tumanida deputatlar tomonidan ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
янв.21
Nurobod tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S. Sharipovning 2026-yilning o‘tgan davri yakunlari bo‘yicha hisoboti
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman rahbarlarining hisiboti eshitildi
янв.21
Nurobod tumanida qonuniylikni mustahkamlash borasidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, 19-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan hududda mehnat qilayotgan fidoyi chorvadorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan 20-Ag‘ron saylov okrugiga kiruvchi Novbahor mahallasi hududida joylashgan bozorlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Ismoil Jumanazarov “Sarimoy” mahallasidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasaning sport zali holati hamda undagi mavjud sport inventarlarini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida sport zalining moddiy-texnik bazasi yetarli darajada emasligi, mavjud inventarlarning esa eskirgani yoki son jihatdan kamligi aniqlandi. Bu holat o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida maktab sport zaliga zarur bo‘lgan sport inventarlari ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, ushbu masalani ijobiy hal etish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.

Yakuniy xulosa sifatida, mas’ul tashkilot rahbarlariga deputat so‘rovi yuborish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda maktabni zarur sport jihozlari bilan ta’minlash yuzasidan aniq kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 2