Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan hududda mehnat qilayotgan fidoyi chorvadorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Norkarayev tomonidan 20-Ag‘ron saylov okrugiga kiruvchi Novbahor mahallasi hududida joylashgan bozorlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki turizm tashkillashtirildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tomonidan Nurobod tumanidagi 2-son politexnikumida ta’lim jarayonlari hamda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi

2026-yil 26-mart kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularning omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Tashkiliy bo‘linma boshlig‘i D. Nosirov hisobot berib, 2026-yilning o‘tgan 2 oy 20 kuni davomida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, ushbu davrda tumanda jami 173 ta jinoyat qayd etilib, bu o‘tgan yilga nisbatan 51,8 foizga oshgan. Jinoyatlarning 22,6 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan, 29,5 foizi aniqlanadigan hamda 47,9 foizi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, ayrim turdagi og‘ir jinoyatlar sodir etilishining oldi olingan bo‘lsa-da, talonchilik, bezorilik va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar oshgani ta’kidlandi.

Hisobotda jinoyat sodir etgan shaxslar tahlili ham keltirilib, ishssizlar, ayollar, guruh bo‘lib sodir etilgan hamda mast holatda sodir etilgan jinoyatlar ko‘paygani qayd etildi. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa kamaygan.

Tezkor-qidiruv faoliyati doirasida giyohvandlik, noqonuniy qurol saqlash, qimor va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan. Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlash, ma’muriy nazoratni kuchaytirish borasida ham tegishli ishlar amalga oshirilgan.

Mahallalar kesimida tahlil qilinganda, 62 ta mahallaning 1 tasi “qizil”, 3 tasi “sariq” va 58 tasi “yashil” toifaga kiritilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda ayniqsa, axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib borayotgani alohida ta’kidlanib, aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik va “kibermadaniyat”ni oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish orqali jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlarga huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 4