Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Babayarova tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Deputat mahallalarda o‘rganishlar olib bormoqda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova hamda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimovlar tuman Davlat xizmatlari markazi FHDYO organlarida aholiga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.
янв.21
Kengash raisi tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
Mahalliy Kengashlar kotibiyatlari faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov hamda hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari U. Urmanova boshchiligida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlarining o‘tgan haftadagi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi hamda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududlar keskin ogohlantirildi.

Shuningdek, kelgusi haftada kotibiyatlar faoliyatini samarali va namunali tashkil etish, deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5