Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugi deputati G.Xudoyarova tomonidan Kengash qarorlari ijrosi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoniga muvofiq, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-23-39-3-49-K/26-sonli qarori ijrosi ta’minlandi.
Mazkur qaror asosida ajratilgan 9,5 mln so‘m mablag‘ hisobidan tuman hokimligi hududida “infokiosk” o‘rnatilib, mablag‘lardan maqsadli foydalanish ta’minlandi.