Mazkur muhim yig‘ilishda mazkur doimiy komissiya raisi O.Baqoyev boshchiligidagi deputatlar, shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati mudiri va xodimlari, tumandagi mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari O.Baqoyev, T.Jo’rayev, A.Mardonov, M.Ro‘ziyevalar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.