Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada bandlik masalalari deputat nazoratida

 Mahallada bandlik masalalari deputat nazoratida

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 3-Yashnaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri U.Bobojonov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, ayniqsa ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromad manbalarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 4