Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. “O‘ZBEKISTON SHIFOKORLIK OILAVIY PUNKTI”DA BEPUL DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

O'rganish davomida, aholini bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, mavjud dori-darmon zaxirasi, ularning saqlanish sharoitlari hamda aholiga yetkazib berish tartibi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholining sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlashni nazorat qilishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3