DEPUTAT TASHABBUSI: KO‘RBULOQ QISHLOG‘I YO‘LLARI OBOD BO‘LMOQDA 🛣✨
Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish va amaliy ko‘mak berish bugungi kun deputatining eng muhim vazifasidir. Xususan, Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Xafiza Saidova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Baxmal tumanidagi “Novqa” MFYga qarashli Ko‘rbuloq qishlog‘i aholisi uchun ichki yo‘llarning abgorligi uzoq yillik og‘riqli masala edi. Ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida loy ko‘chalar nafaqat avtotransport vositalari, balki piyodalar, xususan, maktabga qatnaydigan o‘quvchilar uchun ham katta qiyinchilik tug‘dirardi. 🌧👣
Deputat Xafiza Saidovaning bevosita tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan mazkur muammoni hal etishga kirishildi. Qisqa fursat ichida qishloqning ichki ko‘chalarini shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi. 🚜🏗
Hozirda qishloq ko‘chalari tekislanib, sifatli shag‘al qoplamasi yotqizilmoqda. Bu esa: