Bugun 2026-yil 17-mart kuni Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga 13-"Navro‘z" saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi J.Ermashev 28-sonli maktabda "Navro‘z" va "Tutzor" mahalla fuqarolari bilan uchrashib, sayyor qabul o‘tkazdi. Unda tegishli soha rahbarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi yetakchisi D.Janabayev va hudud aholisi ishtirok etdi. Qabul davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ijobiy o‘zgarishlar va yaratilayotgan bir qancha imkoniyatlar qayd etildi. Shundan so‘ng, fuqarolar o‘zlarining murojaatlari, fikr va takliflarini bildirdi. Har bir murojaat ijrosi bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.