Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Mirzoyev Zoir Saparaliyevich tomonidan saylovchilar manfaatini ko‘zlab navbatdagi amaliy qadam tashlandi.
Deputat tomonidan Hisorak MFY, Hisorak qishlog‘ida elektr energiyasi sifatini yaxshilash, aholi xonadonlariga barqaror kuchlanish yetkazib berish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:
• Yangi 160 kVA quvvatli transformator o‘rnatish;
• Eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga 50 dona qo‘shimcha beton ustunlar yetkazib berish.