Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabul o‘tkazildi   

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Axmedov Jahongir Rahimbergan o‘g‘li 2026-yil 16-mart kuni Yoshliq mahallasida sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar bilan uchrashdi. Qabul jarayonida aholi murojaatlari tinglanib, ayniqsa ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Ro‘zmetov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘lini kasb-hunarga o‘qitish choralarini ko‘rish, Norboyev Nuraddin Nodirbek o‘g‘li hamda Otanazarov Otamurod Baxtiyor o‘g‘liga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1