🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining qarori qabul qilindi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 13-mart kuni “Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-22-8-119-K/26-sonli qaror tasdiqlandi.
📌 Mazkur qarorga muvofiq, Sherobod tumanidagi 19 ta mahallaning 26 ta ichki ko‘chasida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
🚧 Jumladan:
• 35 105 metr uzunlikdagi yo‘llarda
• jami 148 070 kvadrat metr maydonda
asfaltlash hamda joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
✅ Ushbu ishlar tuman infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.