3-saylov okrugi deputat Sh.Musayeva tumanda fuqarolarga davlat xizmati ko’rsatish holatini atroflicha o’rgandi.
O’rganish jarayonida Davlat xizmatlari markazida aholidan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, davlat xizmatlarining sifat va samaradorligi, murojaatlarni ko’rib chiqish tartibiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, davlat xizmatchisi xodimlari bilan ochiq muloqot o’tkazib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.
Fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berish, ayrim masalalar yuzasidan joyida amaliy yordam ko’rsatib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish choralarini ko‘rish tavsiya etildi.