Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat tomonidan aholining muammolari organilmoqda
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallalarda ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Viloyat va tuman Kengashi deputatlari o'z saylov okruglarida
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
Bugun xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunovning aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Nurobod tumani Oqsoy mahallasida deputat A.Xakimov va mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–163-sonli farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlarining faoliyati yanada samarali tashkil etilmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-6-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi

"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosi doirasida Farg‘ona tumanida sanoat zonalari uchun ajratilayotgan yer uchastkalarining amaldagi holati o‘rganildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, tuman Kengashi deputatlari, tuman Kengashi raisi B.Axmadjonov, kotibiyat mudiri Sh.Raximov, bosh mutaxassis O.Dadajonova hamda korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. O‘rganish "A.Raxmonaliev" 1-uchastkasi hududida olib borildi.

🔹 O‘rganish davomida hududda “Logistika markazi” tashkil etish loyihasi bilan tanishilib, sanoat zonasini barpo etishda kommunikatsiya tarmoqlarida muayyan muammolar mavjudligi aniqlandi. Mas’ullarga ushbu muammolarni bartaraf etish hamda infratuzilmani yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Ta’kidlash joizki, mazkur sanoat zonasini tashkil etish hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 9