Inson qadri va ijtimoiy himoya tamoyillari asosida, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra Po‘latova o‘zi saylangan hududdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oilalari holidan xabar oldi.
O‘rganishning asosiy maqsadi:
Davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri va adolatli qo‘llanilishi;
Tibbiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilish holati;
Nogironligi bor fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish.
O‘rganish davomida deputat har bir xonadonga kirib, fuqarolar bilan suhbatlashdi. Davlat ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlikning amaldagi ijrosi, dori-darmon ta’minoti va ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida yetib borishi tahlil qilindi.