Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Suyunovning aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Bugun Nurobod tumani Oqsoy mahallasida deputat A.Xakimov va mahalla yoshlar yetakchisi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF–163-sonli farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlarining faoliyati yanada samarali tashkil etilmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-6-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi M.Buranov, 10-Nurbuloq saylov okrugi deputati S.Suyarov hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida Nurbuloq mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda aholiga "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi alohida binoga chiqdi
янв.21
Deputat_so'rovi
янв.21
Deputat 17-son maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat tomonidan jinoyatning oldi olindi
Янгилик

“Hudud taraqqiyoti – xalq fikri bilan”.

Joriy yilning 21-fevral kuni Namangan tuman 22-Saxovat saylov okrugi deputati N.Umarov tomonidan “Deputat va saylovchilar” uchrashuvi Qo'qonqishloq mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Muloqot jarayonida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yo‘llar ta’miri, bandlik va ijtimoiy himoyaga doir muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ayrim masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi, hal etish talab etilgan muammolar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Deputat saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni tizimli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashi matbuoti xizmati

Slide 1 of 3